DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

ICHKI SUG‘ORISH TARMOQLARINI BETONLASHTIRISH ISHLAR DAVOM ETMOQDA

2024-yil 22-may holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish t ishlari jadal olib borilmoqda.

             2024-yil 22-may holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish t ishlari jadal olib borilmoqda.

              - Samarqand viloyati tumanlarida  jami 2711 ta fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda, - deydi Zarafshon ITHBning Irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tamoqlaridan foydalanish bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Suyarov. - Ushbu subyektlarning umumiy yer maydoni 180,387  ming gektar bo‘lib, fermer xo‘jaliklarining ichki ariqlarini jami uzunligi 11,360 ming km ni tashkil etadi.

            Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024-yil 26-apreldan belgilangan rejaga muvofiq, Samarqand viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish  rejasi 2100 km etib belgilangan.

            Viloyatdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini 2100 km qismini joriy yil yakuniga qadar to‘liq betonlashtirish rejalashtirilgan.

            2024-yil 26-aprel kunidan 22-may holatiga jami 140,8 km yoki rejaga nisbatan 6,7 foyizga viloyat tumanlarida ichki sug‘orish tamoqlarini betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

            Ichki sug‘orish tamoqlarini betonlashtirish bo‘yicha tumanlar va sektorlar kesimida kunlik monitoring jadvallari yuritilib, Suv xo‘jaligi vazirligi va viloyat hokimligiga taqdim etib borilmoqda.

 

             Zarafshon ITHB Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/05/2024 15:09;   Ko‘rilganligi: 75
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing