KO‘CHAT EKISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Samarqand viloyatida atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologiyani yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Samarqand tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi tomonidan 12 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari tayyorlanib, ekish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Farroch" kanali bo‘yi manzarali daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirildi. Mazkur ishlar tabiat himoyasi va ekologiyani yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, hududning yanada obod va go‘zal bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:52; Ko‘rilganligi: 24