DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

MELIORATIV EKSPEDISIYALAR BOSHLIQLARI MALAKA OSHIRMOQDA

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cuv xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyalar boshliqlari taklif etildi.

Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu borada suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, jumladan, sug‘oriladigan yerlardan unumli foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya loyihalari samaradorligini ta'minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Qayd etildiki, respublikamizda 4 429,2 ming gektar sug‘oriladigan yerlar mavjud bo‘lib, ushbu yerlarning 2 525,6 ming gektari (57,0%) sho‘rlanmagan, qolgan 1 903,6 ming gektari (43 %) turli darajada sho‘rlangan, jumladan, 1 314,8 ming gektari (29,7 %) kam sho‘rlangan, 510,7 ming gektari (11,5 %) o‘rta sho‘rlangan va 78,1 ming gektari (1,8 %) kuchli sho‘rlangan maydonlarni tashkil qiladi. Hududlardan olingan ma'lumotlarga asosan Respublika bo‘yicha umumiy sho‘rlangan maydonlar ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,4 ming gektarga kamaygan.

Joriy yil davomida respublika bo‘yicha 2050 ta meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkazish tadbirlari belgilangan bo‘lib, amalda 2057 ta (yillik rejaga nisbatan 100,3 %) kuzatuv quduqlariga “Dayver” qurilmalari o‘rnatilgan. Shundan 1412 tasi vazirlik bazasi va Melioratsiya axborot tizimiga integratsiya qilingan. Integratsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha 302,7 mlrd. so‘m yoki yillik limitning 90 foizi o‘zlashtirilib, jami 657,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari, 12 ta gidrotexnika inshooti hamda
15 ta ko‘prik, 91 ta meliorativ vertikal drenaj quduqlarida qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 15 522 km kollektor-drenaj tarmoqlarida ta'mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 13 479 km (87 %) bajarilgan.

25 noyabrga qadar davom etadigan malaka oshirish kursi davomida ishtirokchilar respublikamiz suv xo‘jaligi tizimini yanada rivojlantirish, melioratsiya, sug‘oriladigan yerlarning suv ta'minotini yaxshilash kabi qator mavzularda ma'ruzalar tinglaydilar.

 

Vazirlik Axborot xizmati

Manba: https://water.gov.uz/uz/posts/1545735855/2754


Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 15:59;   Ko‘rilganligi: 1232
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing