MELIORASIYA EKSPEDISIYASIDAGI TADBIRDA NIMALAR HAQIDA SO‘Z BORDI?
Suv xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish agenligi tashabbusi bilan Irrigatsiya suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Melioratsiya ekspeditsiyasida bir qator dolzarb masalalarni o‘ziga qamrab olgan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Suv xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish agenligining melioratsiya obyektlari va mexanizmlardan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Muratov so‘zga chiqib, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Melioratsiya ekspeditsiyasida ijro intizomini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, xodimlarning o‘z ishiga nisbatan mas'uliyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 152-sonli buyrug‘iga asosan soxaga sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish, Dayver qurilmalarini o‘rnatilishi va vazirlik serveriga integratsiya qilish, o‘rnatilgan qurilmalarni soz xolatda saqlanishi hamda Meliorativ Axborot tizimiga muntazam ravishda ma'lumot yuborishini ta'minlash, qurilmalarga 2 ta Servis xizmat ko‘rsatadigan guruhlar faoliyatini samarali tashkil etib, ularga zarur asbob uskuna va mexanizm bilan ta'minlash bo‘yicha kamchiliklar borligi, shuningdek “Samarqandsuvqurilishinvest” DM va meliorativ ekspeditsiya mutaxassislari bilan birgalikda Davlat dasturi doirasida qurish va qayta qurish hamda ta'mirlash-tiklash ishlarini loyixa smeta xujjatlari asosida olib borilishini nazorat qilish va har bir qurilish obyektlarida melioratsiya xodimlari tomonidan obyektning pasporti, peketaj, neveler reyka hamda ekskavatorchilar uchun yashash joyi (vagon)lar qoniqarsiz axvoldaligi qattiq tanqid qilindi hamda mazkur kamchiliklarni tez orada bartaraf etish uchun kerakli tavsiya va tushunchalarni berib o‘tdi.
Jumladan; barcha tumanlar meliorativ ekspeditsiya bo‘limlarida dayver qurilmalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish hamda dayver qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va servis hizmatlarini ko‘rsatish xamda axborot texnologiyalari va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy qilish bo‘limi muxandisi, elektrik, raqamli texnologiyalar joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis va muxandislar melioratorlardan iborat bo‘lgan 2 ta “Servis xizmati ko‘rsatish” guruhini tuzish;
Joriy yilning 10 sentyabr kuniga qadar Samarqand meliorativ ekspeditsiyasi tumanlar bo‘limi mutaxassislariga sug‘oriladigan yer maydonlarini hamda barcha melioratsiya tarmoqlarini hududma-hudud bo‘lib berish, meliorativ inshootlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish;
20 sentyabr kuniga qadar viloyatdagi kollektor-tarmoqlaridan chiqayotgan sizot suvlari o‘z oqimi bilan va nasoslar orqali qayta sug‘orishga ishlatilishi aniq hibobotini yuritishni tashkil etish, buning uchun meliorativ ekspeditsiyasi mutaxassislari tomonidan kollektor-tarmoqlarida o‘rnatilgan nasos stansiyalarini hamda suv olish nuqtalarini to‘liq invintarizatsiya qilish;
Semenarda viloyatda “Dayver” qurilmalarini o‘rnatayotgan pudratchi tashkilotlar ma'sul xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazilib barcha quruvchilar xodimlarga dayverlarni texnik holatini tekshirib, 1 oy muddat qayta inventarizatsiya qilib, integratsiya qilish bo‘yicha topshiriqlarni belgilab berdi.
Shuningdek sohada eng muhim yo‘nalishlarda samaradorlikka (KRI) erishish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar YO‘L XARITASI ishlab chiqildi.
Yakunda seminar kun tartibilan o‘rin olgan masalalar doirasida bajarilish lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, ijrosini ta'minlashga kelishib olindi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 23/08/2024 20:06; Ko‘rilganligi: 392