DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

QISHLOQ HUDUDLARIDA SUV TA'MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI JADALLASHMOQDA

Prezidentimizning 2024 yil 23 sentyabrdagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-330-sonli qarori ijrosi doirasida qishloq joylarda infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda aholini suv bilan ta'minlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Mazkur dastur asosida «Samarqandsuvqurilishinvest» davlat muassasasi buyurtmasiga binoan «Oqdaryo-Quruvchi Savdo» MCHJ mutaxassislari Paxtachi tumani «Amirobod» mahallasida suv ta'minotini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlarga kirishdilar.

Loyiha doirasida 1 ta sug‘orish tik qudug‘i qaziladi va 5 kilometr uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘i qurilib, betonlanadi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:47;   Ko‘rilganligi: 27
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing