QO‘SHIMCHA IMKONIYAT-QO‘SHIMCHA DAROMAD
Muhokama tarzida o‘tkazilgan seminarda ”Zarafshon” ITHB huzuridagi “Miankal-Tos” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi mutaxassislari, kanal va uchastka boshliqlari ishtirok etishdi.
Muhokama tarzida o‘tkazilgan seminarda ”Zarafshon” ITHB huzuridagi “Miankal-Tos” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi mutaxassislari, kanal va uchastka boshliqlari ishtirok etishdi.
Mas'ullar “Xatirchi” kanalning 4 gedrouzeli hududda tashkil etilgan yordamchi xo‘jaliklar bidan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Suv xo‘jaligi vazirining Samarqandga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan “Miankal-Tos” irrigatsiya tizim boshqarmasiga qarashli Miyankal Xatirchi kanalning 4 gedrouzelida 3.5 gektar maydonga baliq boqish uchun yaratilgan maydon bilan tanishildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida suv xo‘jaligi obyektlari atrofiga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, ko‘paytirish hamda ularni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha berildi. Seminarga ishtirokchilari bu kabi tajribani o‘zlarida ham sinab ko‘rishlarini takidlab o‘tshdi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 23/05/2024 10:22; Ko‘rilganligi: 103