DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Samarqandda issiqxona (limonariy) tashkil qilindi

"Zarafshon" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tuman irrigatsiya bo‘limlariga qarashli bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, tizimda ishlab kelayotgan xodimlarni moddiy tomondan qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, joylarda yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilingan.

Jumladan, Mirza-Pay irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli uzunligi 42.8 kmni tashkil etuvchi Bulung‘ur, Jomboy tumanlaridan oqib o‘tavchi “Mirza” kanalining PK-135-00 suv taqsimlash inshooti yonida joylashgan bo‘sh turgan yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etilmoqda. Mirza-Pay irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i Q.Mirzayev raxbarligida 1 sotixdan iborat 6 ta issiqxona (lemonariya) va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, yordamchi xo‘jalikda tashkil qilingan chorva mollari va parrandachiligi bilan boshqa tumanlardagi irrigatsiya bo‘limlariga o‘rnak bo‘la oladi – desak adashmagan bo‘lamiz. Xabaringiz bor suvuq boshlanishi bilan ya'ni qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga shuningdek, barchamiz sevib iste'mol qiladigan lemon mevasiga bo‘lgan talab hamda narx ham oshadi.

Bugungi kunda 1 sotixdan 1.5 tonnadan hosil olyapmiz. Hozirda 3 ta 1 sotixlik lemonariyamiz mana uch yildan buyon yaxshi xosil beryapti. Qolgan limon ko‘chatlarimiz hali yosh ikki yillik, kiyingi yildan boshlab ularning ham hosili ko‘payadi. Ma'lumki, limonni kundalik iste'mol qilib turish, qarish belgilarini bartaraf etadi. Bu mahsulot S, A, Ye vitaminlari, xrom, kaliy, magniy va temirga boy - deydi Qilich Mirzayev.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra limonning nordon va o‘tkir ta'mi insonni tetiklashtiradi va immunitetimizga turli viruslar hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. U nafaqat ijobiy ta'sir qiladi, balki xavotir hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga ham yordam beradi. Bularning barchasiga sabab – limonning tabiiy qon tozalovchi vosita ekanligidadir!

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 18/11/2022 16:43;   Ko‘rilganligi: 1133
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing