DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Samarqandda suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga bayram tabrigi yetkazildi

8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan ayollar, mehnat faxriylari va faol xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurgan Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini qutladi. Shuningdek, u Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev nomidan yo‘llangan tabriknomani o‘qib eshittirdi va sohada fidoyilik bilan mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida sohadagi ayollarning mehnatsevarligi, jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotiga qo‘shayotgan bebaho hissasi alohida e'tirof etildi. Ular suv xo‘jaligi sohasidagi murakkab va mas'uliyatli jarayonlarda yuksak kasbiy mahorati, sabr-toqati va tashabbuskorligi bilan katta yutuqlarga erishib kelayotgani ta'kidlandi.

Tadbir yakunida Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu tadbir nafaqat bayram shuko‘hi, balki ayollarga bo‘lgan e'tibor va hurmatning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 07/03/2025 21:56;   Ko‘rilganligi: 41
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing