DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUV KODEKSI LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

Zarafshon ITHB faolar zalida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va doktorantlari hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” 3-bosqichi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Suv kodeksi” ni ikkinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Zarafshon ITHB xodimlari, boshqarma huzuridagi meliorativ ekspeditsiya va davlat muassasasi bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan tadbir davomida suv kodeksi o‘ta muhim va tarixiy hujjat ekanligi ta'kidlanib, uni takomillashtirish, xalqchil ko‘rinishga keltirish uchun takliflar berish lozim ekanligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, kelgusida mazkur kodeks ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar hujjat loyihasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 15/08/2024 14:49;   Ko‘rilganligi: 466
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing