DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUV OMBORLARI BOSHLIQLARI MALAKA OSHIRMOQDA

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari boshliqlari malaka oshirmoqda.

Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi I.Jo‘rabekov so‘zga chiqib, mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimini izchil rivojlantirish, mavjud suv resurslaridan oqilona va tejab-tergab foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligining suvga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashda suv omborlari muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha umumiy hajmi 19 mlrd. m3 dan ziyod bo‘lgan 50 dan ziyod suv ombori mavjud bo‘lib, ulardan barqaror foydalanish, suv omborlarini sug‘orish mavsumiga tayyorlash, soz holatda saqlash hamda xavfsizligini ta'minlash doimiy e'tibordagi dolzarb masala hisoblanadi. Keyingi yillarda suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlari hamda muhim toifalangan obyektlarda oldindan ogohlantirish va lokal xabar berish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda.

Malaka oshirish kursi tinglovchilari besh kun mobaynida respublikamizda suv xo‘jaligi tizimini rivojlantirish istiqbollari, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va xavfsizligini ta'minlash kabi mavzularda ma'ruzalar tinglaydi.

Vazirlik Axborot xizmat


Kiritilgan vaqti: 28/11/2022 16:12;   Ko‘rilganligi: 1128
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing