DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUV RESURSLARINI DISPETCHYERLIK XIZMATI ORQALI BOSHQARISH FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

 27- iyun kuni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida dispetcherlik xizmati  faoliyati, suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali boshqarish bo‘yicha tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi Markaziy dispetcherlik kommunikatsiya  va kadastr xizmati boshlig‘i B. Mamadaliyev hamda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i A.Boysariyev hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda suv xo‘jaligi tizimida suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali tezkor boshqarish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi “Suvdan foydalanish va suv iste'molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 174-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali boshqarish tartibi bo‘yicha yig‘ilganlarga ma'lumot berildi.

Seminar ishtirokchilari o'zlarining savollariga atroflicha javoblar olishdi. 


Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2024 18:54;   Ko‘rilganligi: 401
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing