DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

"SUVCHILAR MAKTABI"DA NAVBATDAGI SEMINAR O‘TKAZILDI

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va doktorantlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-5-son qarori asosida tashkil etilgan "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalariga qabul qilingan rahbar-hodimlarning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida 2024-yilning 12-avgust kuni "Suvchilar maktabi"da navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, meliorativ ekspeditsiya, irrigatsiya tizimi boshqarmalari hamda tumanlar «Suv yetkazib berish xizmati» DM mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokichlariga joylarda suvning hisob-kitoblarini yuritish, suv o‘lchash va suv o‘lchash qurilmalaridan foydalanish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining afzallaiklari, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish, suv xo‘jaligi inshootlarida ta'mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish, “Aqlli suv” va meliorativ kuzatuv quduqlaridagi “Dayver” qurilmalarini ishlatish bo‘yicha masalalari muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Seminarda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov, Oqdaryo tumani hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Shodomonov, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) laboratoriya mudiri (PhD) N.Murodov hamda institut tayanch doktarantlari ishtirok etdi.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/08/2024 16:10;   Ko‘rilganligi: 375
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing