SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Zarafshon ITHB huzuridagi Oq-Qoradaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi "SMK" kanali 2-gidrouzelida Suv resurslari xisobi va gidrometriya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda suv resurslaridan foydalanishni samaradorligini oshrish, sug‘orish tarmoqlarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi holati va bu borada bugungi kunda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va kamchiliklar muhokama qilindi.
Seminarda Zarafshon ITHB bosh gidrometri O‘tkir Toshniyozov so‘zga chiqib, tasdiqlangan rejaga asosan Oq-Qoradaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchov va kuzatuv ishlari doimiy olib borilishi va yillik tasdiqlangan re'jaga asosan 2 dona suv o‘lchash vositalarini (vertushka) tarirovkadan o‘tkazish, 20 dona suv o‘lchov reykalarini sotib olinishi ishlari bajarilishi kerakligini ta'kidladi.
Seminar yakunida qatnashchilariga suv o‘lchash vositasidan foydalanish to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi.
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/07/2024 15:22; Ko‘rilganligi: 678