DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

VAZIR O‘RINBOSARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiyev joriy yilning 2-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

2-3 iyul kungi tashrif va kuzatish davomida, Kattaqo‘rg‘on tumanida vazir o‘rinbosari R. Qarshiyevning sayyor qabuli ham o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev boshchiligida o‘tkazildi. Ushbu qabulda viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, fermerlar va aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida asosan ekin maydonlarini sug‘orish, fermer xo‘jaliklarining ichki nasoslarida elektr energiya xarajatlari, ajratilgan limitlar, tomchilatib sug‘orish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarga e'tibor qaratildi.

Sayyor qabulda 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarining aksariyati suv iste'molchilari murojaatlaridan iborat bo‘ldi.

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan sayyor qabulda 10 dan ortiq murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy xal etildi, - deydi Kattaqo‘rng‘on tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari B.Yo‘ldoshev.   – Shuningdek,  qabulga kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, begilangan tartibda mas'ul rahbarlarga muammo va kamchiliklarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 03/07/2024 21:43;   Ko‘rilganligi: 458
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing