XITOYLIKLAR SAMARQANDDA TO‘G‘ON FAOLIYATI BILAN TANISHISHDI
Xitoy Suv xo‘jaligi vazirligining Sariq daryoni muhofaza qilish komissiyasi raisi Szu Leymin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Xitoy Suv xo‘jaligi vazirligining Sariq daryoni muhofaza qilish komissiyasi raisi Szu Leymin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Suv xo‘jaligi huzuridagi "Suvxo‘jaliknazorat" inspeksiyasi boshlig‘i R.Raximov, Zarafshon ITHB boshlig‘i A.Boysariyev, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i A.Karimqulovlar boshchiligida delegatsiya a'zolari Zarafshon MTFB tasarrufidagi Ravotxo‘ja suv to‘g‘oni faoliyati bilan tanishdi.
Ravotxo‘ja gidrouzeli 1917-1929 yillarda qurilgan bo‘lib, asosiy vazifasi suvni to‘sish va o‘ng-chap qirg‘ok kanallariga taqsimlashdan iborat. Suv o‘tkazish qobilyati-1350m3/s. 1967 yil kapital rekonstruksiya qilingan. Ushbu inshoat Zarafshon daryosidagi birinchi va eng yirik inshoat hisoblanadi. 4 ta viloyatni k/x da sug‘oriladigan yer maydonlarini suv bilan taminlaydi.
Mehmonlarga to‘g‘on faoliyati, sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etilayotgani hamda modernizatsiya qilish orqali erishilayotgan natijalar haqida ma'lumot berildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 15/06/2024 19:19; Ko‘rilganligi: 388