“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda
Shu kunlarda “Zarafshon” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli barcha tuman irrigasiya bo‘limlari tomonidan suv xo‘jaligi ob’yektlari daryo, kanal, ariq, gidropost, gidrotexnik inshootlar va xizmat uylari atroflarida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab katta ko‘tarinkilik bilan tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida viloyatimiz Suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib qilayotgan barcha xodimlar faol ishtirok etmoqda.
Shu bugunga qadar sohada 200 ming tupdan oshiq terak qalamchalari, 550 tup archa ko‘chatlari, 1130 tup yong‘oq, 750 tup tol hamda yuzlab igna bargli archa ko‘chatlari ekilib yashil makon loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Shuningdek xududlarda 5 ming tup mevali daraxt ko‘chatlarini ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.
Joylarda irrigasiya bo‘limlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasida qatnashgan hasharchilar uchun dasturxon yozilib osh damlanmoqda. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida sohada yashil maydonlar hududi 29 foizga oshadi.
“Zarafshon” ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 31/10/2022 16:50; Ko‘rilganligi: 703