DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Zarafshon ITHBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 30-noyabrdagi 393-K-sonli qaroriga ko‘ra, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga Radjabov Farxod Valiyevich boshliq etib tayinlandi.

Tayinlov jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i R.Rahimov, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Farxod Valiyevich, 2008 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2008 yilda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tarkibidagi “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2010-2012 yillarda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi irrigatsiya tizimlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish bo‘limi bosh mutaxassisi, 2012-2018 yillarda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi irrigatsiya tizimlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillarda esa Toshkent shahri “Asiya Trans Gas” qo‘shma korxonasi loyiha va texnik hujjatlar bo‘yicha mutaxassisi, 2019-yilda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Mirza Pay irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2019-2022 yillarda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i, 2022-2024 yillarda. – Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Mirza-Pay irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i, 2024 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi obyektlarining samaradorligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida foliyat olib borgan.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 03/12/2024 19:27;   Ko‘rilganligi: 42
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing