DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Sho‘r bosgan yerlarda tuproq sho‘rini yuvishni tashkil etish

Tuproqning sho‘rini yuvish sug‘oriladigan yerlarni sho‘rlanishiga qarshi asosiy kurash vositasi hisoblanadi. 

Sho‘r yuvish jarayoni yerdagi ortiqcha tuzlarni yo‘qotishning yagona tadbiri bo‘lib, bu tadbir tuproqni sho‘rlanish darajasiga qarab bir necha marta takrorlanadi. Sho‘r yuvishdan oldin maydon sifatli xaydalib tekislanadi, kollektor va zovurlar tozalanadi.

Mavjud tekislangan maydonlarda agar tuproq o‘rta va kuchli sho‘rlangan bo‘lsa chek olib, kuchsiz sho‘rlangan yerlarda esa egat olib tuproq sho‘ri yuviladi.

O‘rta va kuchli sho‘rlangan yerlarda tuproqning fizik xususiyatlari va yerning nishabligiga qarab olinayotgan cheklarning maydoni belgilanadi.

Agar maydon tekis nishabli yoki 0,001 bo‘lsa, bunday yerlarda cheklarning maydoni 0,1-0,15 ga. qilib agar yer nishabligi ortiq bo‘lsa 0,05-0,1 ga. xisobida olish mumkin.


Kiritilgan vaqti: 11/11/2022 10:53;   Ko‘rilganligi: 928
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing