DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Shudgorlash

Shudgorlash qo‘sh qavatli usulda o‘tkazilsa ajriq ildizpoyalari pastki chuqur qatlam ostiga ko‘milib ketadi va qayta ko‘karib chiqaolmaydi. Vaholanki, ajriqni o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu begona o‘t 20 santimetrgacha tuproq bilan ko‘milganda qayta ko‘karib chiqa oladi, ammo 25-30 santimetr chuqurlikda dimiqib nobud bo‘ladi, qayta ko‘karib chiqa olmaydi. 

Yerni kuzda shudgorlashning chuqurligi tuproq sharoitiga qarab belgilanadi.

Sug‘oriladigan unumdor tuproqlarda shudgorlash chuqurligi 35-40 santimetr bo‘lmog‘i lozim. Ba'zan unumdorligi nisbatan pastroq, zich, qattiq qatlamli maydonlarda haydov chuqurligi 30-35 santimetr bo‘lishi mumkin.

Ba'zi maydonlar tuproq qatlamining osti qumli, shag‘alli, arzikli bo‘lganda haydov chuqurligi shunday belgilanishi lozimki, shudgorlash jarayonida unumdorligi pastqumli, arzikli, toshli qatlam yer yuzasiga chiqib qolmasin.


Kiritilgan vaqti: 18/11/2022 11:57;   Ko‘rilganligi: 744
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing