Suvdan tejamli foydalanishga ko‘maklashuvchi tadbirlar: Ihota to‘siqlarini tashkil qilish
Qurg‘oqchil kelgan yillarda ekinlarning rivojiga nafaqat tuproqning quruqligi, balki havoning quruqligi ham jiddiy (salbiy) ta'sir ko‘rsatadi. Havoning quruqligi suv kam bo‘lgan yillarda keskin ravishda oshib ketadi.
Buning ustiga, O‘zbekistonning janubiy va g‘arbiy mintaqalarida yoz mavsumida issiq (garmsel) shamollarning esishi kuzatiladi va ular ekinlarning rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatadilar.
Mazkur mintaqalarda yog‘ingarchiliklarning miqdori me'yorida va suv yetarli bo‘lgan yillarda ham issiq (garmsel) shamollarning esishi 2 martadan 6 martagacha kuzatiladi va davomiyligi odatda 1 sutkadan oshmaydi. Suv kam bo‘lgan yillarda esa issiq shamollarning esishi 7 martadan 18 martagacha kuzatiladi, davomiyligi esa doim 1 sutkadan ortiq bo‘ladi.
Issiq shamollarning esishi barcha ekinlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va ularning hosildorligini pasaytirib yuboradi.
Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 13:54; Ko‘rilganligi: 1142