DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

DASTUR DOIRASIDA QURILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi vakillari Samarqand tumanida bo‘lishib, tumanda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, sifatli bajarilayotgan ishlar bilan tanishishdi

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi vakillari Samarqand tumanida bo‘lishib, tumanda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, sifatli bajarilayotgan ishlar bilan tanishishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi № 404-sonli qaroriga asosan 2024-yilda viloyatda jami 81,4 mlrd so‘mlik irrigatsiya va melioratsiya ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib,shundan 18 ta irrigatsiya (16 ta yangidan boshlanuvchi, 2 ta yildan-yilga o‘tuvchi) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 75,7mlrd so‘m, melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya(4ta yangidan boshlanuvchi) qilish ishlari uchun 5,7 mlrd so‘mlik mablag‘lar ajratilgan.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilishi amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 28.7 km uzunlikdagi kanallarni rekonstruksiya qilish, 1.1 km latok, 3 dona gidrotexnik inshoat, 1 dona nasos stansiyasi, 13,3 km quvur, 2,7 km damba, 100 mln.m3 sig‘imga ega bo‘lgan 1 dona suv ombori qurish ishlari, 10 km kollektorni rekonstruksiya qilish va 9 km yopiq-yotiq kollektor tarmog‘ini qurish ishlar olib borilmoqda

Bugungi kunda dastur doirasida Samarqand tumani "Pastki Siyob" kollektorining PK 47+80 dagi gidrotexnik inshooti hamda PK 47+00dan PK 97+00 gacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish tizimini qurish ishlari olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvaridagi "Qurilish sohasida yelektron davlat xaridlarini tashkil yetish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 46-son qaroriga asosan “SAM DJURABEK STROY SERVIS” MCHJ bosh pudratchi yetib belgilangan. Tegishli tartibda shartnoma rasmiylashtirilgan. Obyektning tarkibida 5 km tizimini qurish ishlar rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda obyektda reja grafigi asosida texnikalar jalb qilinib, tozalash ishlar amalga oshirilmoqda bugungi kunda 4500 metr qismida tozalash ishlari olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, Obyektni foydalanishga topshirish muddati 2024 yil oktyabr oyiga belgilangan.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/06/2024 11:32;   Ko‘rilganligi: 132
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing