Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta'minlash yuzasidan seminar tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning tizim tashkilotlarida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda viloyat suv xo‘jaligi sohasida ishlab kelayotgan xodimlar uchun davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlar, davlat fuqarolik xizmatchilarining ishchanlik obro‘si va xizmatning nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar (harakatsizlik), xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorning asosiy qoidalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Seminarda tuman irrigatsiya bo‘limlari xodimlari “ZOOM” platformasi orqali ishtirok etishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 03/11/2022 21:48; Ko‘rilganligi: 831