SUV XO‘JALIGI VAZIRI NARPAYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ham suv xo‘jaligi sohasidagi mavjud muammolarni joyiga borib o‘rganish, suv iste'molchilarining murojaatlarini tinglash maqsadida 2024 yil 28 may kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida klaster, fermer va boshqa suv iste'molchilari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ham suv xo‘jaligi sohasidagi mavjud muammolarni joyiga borib o‘rganish, suv iste'molchilarining murojaatlarini tinglash maqsadida 2024 yil 28 may kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida klaster, fermer va boshqa suv iste'molchilari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Samarqand viloyati Narpay tumani “Maroqand Sifat” davlat xususiy sherikchilik korxonasi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Zarafshon ITHB boshlig‘i A. Boysariyev, tuman hokimi o‘rinbosari, viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbar va xodimlari, fermerlar va klaster rahbarlari hamda tomorqachilar ishtirok etdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev so‘zga chiqib, suv xo‘jaligi oldidagi birinchi raqamli vazifa ekanligini, busiz sohani rivojlantirib bo‘lmasligini ta'kidladi.
Sayyor qabulda davomida asosan ariqlarni betonlash va zovurlarni tozalash, drenaj tizimidagi muammolar, ekin maydonlarini sug‘orish, fermer xo‘jaliklari tomonidan sug‘orishda ishlatilgan ichki nasoslar elektr- energiya xarajatlari, ajratilgan limitlari, tomchilatib sug‘orish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarga e'tibor qaratildi.
Sayyor qabulda 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarining aksariyati suv iste'molchilari murojaatlaridan iborat bo‘ldi.
Sayyor qabulda “Jafarjon Abdujabborov” fermer xo‘jaligi rahbari Z.Bekmurodov , “Yasavultepa” fermer xo‘jaligi rahbari I.Ismatov, “O‘ktambobo Razzoqov” fermer xo‘jaligi rahbari F.Razzoqov, “Amin Ali” fermer xo‘jaligi rahbari Q.Ro‘ziyev, “Nabi dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari U.G‘ofurov ekin maydonlarini sug‘orishda muammolar borligi to‘g‘risida murojaat bilan chiqishdi.
Bu masala yuzasidan Zarafshon ITHB boshlig‘i A.Boysariyev hamda “Maroqand Sifat” davlat xususiy sherikchilik korxonasi DXSH boshlig‘i F.Axmedovga bir hafta muddatda murojaatlarni o‘rganib, muammolarni hal qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Zarafshon ITHB Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 28/05/2024 20:14; Ko‘rilganligi: 146