DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

SUVNI TEJASHGA BARCHAMIZ MA'SULMIZ

Samarqand viloyati Urgut  tumanida qishloq va suv sohasida yerlardan unumli foydalanish va suvni tejab ishlatish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Samarqand viloyati Urgut  tumanida qishloq va suv sohasida yerlardan unumli foydalanish va suvni tejab ishlatish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Suv xo‘jaligi tashkilotlari, ATB Agrobank hamda Agrosanoat majmuiga tegishli boshqa mas'ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Suv tanqisligi tobora kuchayayotgan bugungi zamonda mamlakatimizda uni qadrlash, tejab foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimi jahonning qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlarida ham joriy etilgan bo‘lib, keng jamoatchilik va ilmiy jihatdan intensiv texnologiya deb tan olingan. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida suv o‘simlikning ildiz qatlamiga bir tekisda ta'minlab beriladi. Boshqa usullaridan farqi shundaki, dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi. Bu sug‘orish rejimida o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda suv beriladi. Suv to‘lig‘icha ekinga yetib boradi. Mineral o‘g‘itlarni ham bevosita suvga qo‘shib berish mumkin. Tuproq qotib qolmaganligi bois texnika bilan ishlov berishga zarurat tug‘ilmaydi.

          O‘quv-amaliy seminar jarayonida «Suv yetkazib berish xizmati» DM direktorlariga hamda «Agrobank» filiallari mutasaddilariga talabgorlarga «Suvkredit.uz» elektron platformasi orqali kredit ajratishni tezlashtirish, bu borada fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘maklashish, moliyalashtirilgan xo‘jaliklar dalasiga tejamkor texnologiyalarni zudlik bilan o‘rnatib, hademay boshlanadigan sug‘orish mavsumida tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish uchun ishni jadallashtirish topshiriqlari berildi.

Seminarda tomchilatib sug‘orish bo‘yicha va mutaxassislar tomonidan tavsiyalari tinglandi.

Shundan so‘ng, tumaning Vatkan agrofirmasi hududidagi “Solihabegim yashil dalasi” fermer xo‘jaligi tomonidan barpo etilgan gilos va o‘rik maydonlarida tashkil etilgan sug‘orish tizimlari bilan tanishildi.

Zarafshon ITHB Matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 23/05/2024 11:02;   Ko‘rilganligi: 65
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing