Alisher Boysariyev: Yil sayin suv tanqisligi muammosi sezilmoqda
Zarafshon daryosi havzasining O‘zbekiston hududidagi qismida suv resurslarini kompleks boshqarishni takomillashtirish yuzasidan Zarafshon daryosi havzasi kengashi a'zolarining birinchi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, Zarafshon ITHB boshlig‘i Alisher Boysariyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Shvetsariya hukumatining moliyaviy ko‘magi yordamida “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarining iqlimga chidamliligini integratsiyalashgan tizimlar orqali boshqarish” loyihasi muvofaqiyatli ishga tushirildi, - deydi Zarafshon ITHB boshlig‘i Alisher Boysariyev. -Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad Zarafshon daryosi havzasining O‘zbekiston hududidagi qismida suv resurslarini kompleks boshqarishni takomillashtirishdan iborat. Hech kimga sir emas iqlim o‘zgarishi muammosi haqida har birimiz ommaviy axborot vositalarining turli manbalaridan har kuni axborot olamiz va bugungi kunda eng katta muammo bo‘lib bormoqda. Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo, Yerda harorat yana 5 gradusga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibida o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Afsuuski iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mintaqada muhim o‘ringa ega yuo‘lgan Zarafshon daryosi havzasi uchun ham murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Bundan 15-25 yil oldin daryodagi eng ko‘p suv charfi o‘rtacha 750-800 m3/s bo‘lganbo‘lsa, yaqin 10 yilliklarda bu miqdor 400-450 m3/s atrofida bo‘lmoqda. Daryo havzasiga bog‘langan yer maydonlari hajmi 550 ming gektarni, aholi soni 5 million nafardan ortiq ekanligini hisobga olsak, iqlim o‘zgarishlarini salbiy oqibatlarini yumshatish choralarini bugundan ko‘ra boshlashimiz talab etiladi
✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 22/08/2024 10:06; Ko‘rilganligi: 382