DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

BETONLASHTIRISH ISHLARI JADALLASHMOQDA

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda suv resurslaridan samarali foydalanish va ariqlarni betonlashtirish ishlarini tezlashtirish masalalari muhokama qilingandi. Yig‘ilish davomida mazkur ishlar sust kechayotgani tanqid qilindi.

Yig‘ilishdan to‘g‘ri xulosa chiqargan Jomboy tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi tomonidan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

— Betonlashtirish ishlarini tashkil etishda biroz ortda qoldik, — deydi Jomboy tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori Sh.Salimov. — Vazirimiz bizga Prezident tomonidan ulkan ishonch bildirilayotganini ta'kidladi. Ushbu ishonchni oqlash uchun samarali mehnat qilishimiz lozim. Hozirda yangi texnikalar xarid qilindi va betonlashtirish ishlari yuqori sur'atda olib borilmoqda.

Ayni paytda Jomboy tumanida suv resurslarini tejash va irrigatsiya tizimini yaxshilash maqsadida ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 04/03/2025 14:06;   Ko‘rilganligi: 22
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing