DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

BULUNG‘URDA TOMCHILATIB SUG‘ORISHGA KATTA E'TIBOR BERILMOQDA

 Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Bulung‘ur tumanida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

 

 Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Bulung‘ur tumanida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

   Unda mutasaddi tashkilotlar mas'ullari, soha mutaxassislari, quruvchi pudratchi tashkilotlar, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

 Seminar qatnashchilariga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarning turlari, ularning afzalliklari tanishtirildi.

Seminar ishtirokchilari dastlab “Asliddin Norov” fermer xo‘jaligida bo‘lib, 8 gektar maydonda ekilgan sabzavotlar holati bilan tanishishdi. Fermer xo‘jaligi rahbari joriy etilgan texnologiyaning afzalliklarini sanab o‘tar ekan, asosiy maqsadi shu yil 130 sentner hosil olish istagida ekanligini bildirdi.

Ishtirokchilarning keyingi manzili “Yoqub Ota” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. U yerda 6 gektar g‘alla maydoniga tomchilatib sug‘orish jaryoni tanishilib, fermer xo‘jaligi rahbari bilan texnologiyaning afzalliklari to‘g‘risida fikr almashildi.

Keyingi manzil “Metin grup impeks” MCHJ dala maydoni bo‘lib, 1013 gektar maydonda joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalar holati bilan tanishildi.

Umuman olganda, suvni tejash mamlakatga iqlim o‘zgarishiga moslashish va ichimlik suvining kamayishi, yong‘in va qurg‘oqchilik xavfining oshishi kabi salbiy ta'sirni yumshatishda muhim omil bo‘ladi. Shunday ekan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli suv bilan to‘liq ta'minlashni istar ekanmiz, aholining ham, tadbirkorlik subyektlarining ham suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishga erishishimiz kerak.

 

Zarafshon ITHB Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/05/2024 15:20;   Ko‘rilganligi: 105
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing