DASTUR DOIRASIDA QURILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi vakillari Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lishib, tumanda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, sifatli bajarilayotgan ishlar bilan tanishishdi
Kun tartibidagi masala yuzasidan muassasa rahbari V.Raximov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi № 404-sonli qaroriga asosan 2024-yilda viloyatda jami 81,4 mlrd so‘mlik irrigatsiya va melioratsiya ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib,shundan 18 ta irrigatsiya (16 ta yangidan boshlanuvchi, 2 ta yildan-yilga o‘tuvchi) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 75,7mlrd so‘m, melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya(4ta yangidan boshlanuvchi) qilish ishlari uchun 5,7 mlrd so‘mlik mablag‘lar ajratilganligini bildirdi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilishi amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 28.7 km uzunlikdagi kanallarni rekonstruksiya qilish, 1.1 km latok, 3 dona gidrotexnik inshoat, 1 dona nasos stansiyasi, 13,3 km quvur, 2,7 km damba, 100 mln.m3 sig‘imga ega bo‘lgan 1 dona suv ombori qurish ishlari, 10 km kollektorni rekonstruksiya qilish va 9 km yopiq-yotiq kollektor tarmogini qurish ishlar olib borilayotganligini ta'kidladi.
Shuningdek, muassasa bosh muhandisi A.Fayziyev tomonidan, bajariladigan ishlar natijasida 58000 gektar yer maydonining suv taminoti yaxshilanishiga erishiladiva joriy yil 9-yanvar holatiga Vazirlar Mahkamasinig 2023-yil21-dekabrdagi“2024-yilda suvni tejash hamda suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan 7 ta irrigatsiya obyektlarida kanallarni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda dastur doirasida Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "E.Qurbonov", "Paxtakor" va "Buyuk Turon" MMTPida yopiq-yotiq drenaj tizimini qurish ishlari olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvaridagi "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 46-son qaroriga asosan “SAM JURABEK STROY SERVIS” MCHJ bosh pudratchi etib belgilangan tegishli tartibda shartnoma rasmiylashtirilgan. Obyektning tarkibida 4 km yopiq-yotiq drenaj tizimini qurish ishlar rejalashtirilgan. Hozirgi kunda obyektda reja grafigi asosida texnikalar jalb qilinib ishlar amalga oshirilmoqda bugungi kunda 2000 metr qismida yer ishlari olib borilmoqda. Obyektni foydalanishga topshirish muddati 2024 yil oktyabr oyiga belgilangan.
Zarafshon ITHB Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/05/2024 12:47; Ko‘rilganligi: 126