DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

EGILUVCHAN QUVURLAR YORDAMIDA SUG‘ORISHGA KATTA E'TIBOR QARATILMOQDA

Samarqand viloyatida egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Bu innovatsion sug‘orish usuli Paxtachi tumanida o‘tkazilgan amaliy seminar orqali keng targ‘ib qilindi. Zarafshon irrrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan 2025-yil xosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida tashkil etilgan seminarda, mahalliy hokimlik, soha mutaxassislari va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.

Egiluvchan quvurlar: Sug‘orishda yangi davr

Boshqarmaning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mas'ul xodimi Sh. Yusupovning ta'kidlashicha, egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish tizimi suvni 15-20% ga tejash imkonini beradi. Bu texnologik yechim nafaqat suv tejash, balki mehnat samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Ekologik va iqtisodiy afzalliklar

Egiluvchan quvurlar orqali sug‘orishda yana bir muhim afzalligi suvning isrofgarchiliksiz yetkazilishi va qumloq yerlarda suvni katta miqdorda iqtisod qilish imkonini yaratadi. Sug‘orishning bu usulida, suvni bir kanal yoki ariqdan ikkinchi kanal yoki ariqqa isrofgarchiliksiz va tez yetkazib beriladi. Bu, ayniqsa, qumloq va toshloq yoki nishablik katta va notekis yerlarda o‘qariq o‘rniga ishlatib, suvni iqtisod qilish, tuproq erroziyasi oldini olish hamda kichik nasoslar yordamida chiqarilayotgan suvni ekin maydonining istalgan uchastkasiga, ayniqsa, ekin maydoni quyi qismiga isrofgarchiliksiz va tez etkazish imkonini yaratadi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik

Seminarda, ya'na bir muhim fakt ta'kidlandi: Samarqand shahridagi Turbo Plast MCHJ va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Rustam Plasteks MCHJ mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan egiluvchan quvurlar ishlab chiqarilmoqda. Bu, nafaqat suvni tejashga, balki mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga ham hissa qo‘shmoqda.

Fermerlarga qulayliklar yaratish

Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasini amaliyotga joriy qilish orqali fermerlarga yuqori samaradorlik va suvdan oqilona foydalanish imkoniyati yaratiladi. Viloyatda 2025-yilda 285 komplekt egiluvchan quvurlarni sotib olish belgilangan, shu bilan birga, bu borada belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida barcha tumanlarda seminarlar tashkil etilmoqda. Buning natijasida, fermer va dehqonlar sug‘orishning samarali usullarini o‘rganib, suvni tejashni ta'minlaydi.

Xulosa

Samarqandda egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishning jadallashtirilishi suvni tejash, mehnat samaradorligini oshirish va ekologik muxitni muhofaza qilishda muhim qadamdir. Ushbu sug‘orish usulini ommalashtirish fermerlarga foyda va iqtisodiy samara keltirib, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


Oxirgi o‘zgarish: 22/03/2025 15:23;   Ko‘rilganligi: 49
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing