G.ELMURODOVA: SUV XO‘JALIGIDA YOYOLLARGA KO‘RSATILYOYOTGAN E'TIBOR VA EHTIROMDAN HURSANDMAN
“O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi” 3-bosqichi doirasida 19-avgust kuni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida “Suv xo‘jaligi sohasini integral boshqarishda xotin-qizlarning roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Zarafshon ITHB, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, meliorativ ekspeditsiya, irrigatsiya tizimi boshqarmalari hamda tumanlar «Suv yetkazib berish xizmati»larida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan bir qatorda fermer onaxonlar hamda ayollar daftarida turadigan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida quydagi mavzularga e'tibor qaratildi:
- Gender tenglik, gender stereotiplik
- O‘zbekistonda gender tenglikka oid qonunchilik asoslari
- Suv resurslarini boshqarishning gender jihatlari
- O‘quv seminarining asosiy maqsadi hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etuvchi trenerlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlar huquqlari hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyati haqida bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish hisoblanadi, - deydi loyiha bo‘yicha Samarqand viloyati bo‘yicha ayol treneri Gulmira Elmurodova. – Ishtirokchilarga gender tengligi, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni ijtimoiy himoya qilish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish masalasida, oilada ayollar va bolalar huquqlari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi, to‘g‘risida ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Seminar-trening Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan so‘nggi yillarda xotin-qizlarning gender masalalaridagi muammolari, ularning samarali yechimi va ushbu sohani takomillashtirish yuzasidan samarali ish olib borilayotgani alohida ta'kidlandi.
Tadbirda yakunida ishtirokchilar tomonidan ushbu sohaning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ayollarning va boshqa aholi vakillarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish orqali samarali natijalarga yerishilishi ta'kidlanib, bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Oxirgi o‘zgarish: 19/08/2024 21:31; Ko‘rilganligi: 576