DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

JOMBOY TUMAN “SUV YETKAZIB BERISH XIZMATI” DAVLAT MUASSASASIGA ZAMONAVIY TEXNIKALAR OLIB KELINDI

Мамлакатимиз Президентининг жорий йил 7 ноябрь куни “Қишлоқ хўжалигида сув ва энергия ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва йўқотишларни камайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” ўтказилган йиғилишда 2025 йил 1 апрелгача 15 минг километр ички ариқларни бетон қопламага ўтказиш топшириғи берилди.

Shu jarayonda irrigatorlarning asosiy vazifalaridan biri — sug‘orish tarmoqlarini samarali va sifatli betonlashtirishni ta'minlashdir.

Jomboy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan suv solig‘idan tushgan mablag‘lar hisobidan betonlashtirish ishlariga mo‘ljallangan zamonaviy betonqorgich hamda ichki ariqlarni tozalash uchun ekskavator texnikalari xarid qilindi.

Mazkur texnikalardan ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirishda foydalanish ish hajmini sezilarli darajada oshirib, uning sifatini kafolatlash imkonini beradi. Bu esa suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha mamlakat miqyosidagi sa'y-harakatlarga munosib hissa qo‘shadi.

Yangi texnikalar tumanning irrigatsiya sohasidagi faoliyatini tubdan yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 13/12/2024 10:25;   Ko‘rilganligi: 13
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing