DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

Modernizatsiya-tejamkorlik va taraqqiyot garovi

Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda, ilg‘or tajribalar va yangi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona va unumli foydalanish muhim  ahamiyat kasb etadi. Bizga ma'lumki suv nasoslari, sug‘orilishi og‘ir bo‘lgan hududlarda katta vazifalarni o‘z qamroviga oladi va hosildorlikda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib beruvchi Samarqand viloyatidagi sug‘oriladigan  yer maydonining  68,155 ming gektari  nasos agregatlari orqali sug‘oriladi. Ma'lumki, sug‘orish tizimlarining nasos stansiyalari energiya iste'moli jihatidan katta bo‘lgan obyektlaridan biri hisoblanib, nasos agregatlarining energiya iste'moli tejamkorligini  oshirish masalalari  alohida ahamiyat kasb etadi.

-Viloyatda bugun 94 ta nasos stansiyalari hamda 453 ta sug‘orish, 46 ta meliorativ tik quduqlar bo‘lib, joriy yilda ushbu nasos stansiyalar va tik quduqlarni ishlatish uchun davlat tomonidan 163,7 mln kVt elektr energiyasi limiti ajratilgan. Nasos stansiyalar ekspluatatsiyasi davomida elektr energiyasini iqtisod qilish, nasos agregatlari ishonchli ishlashini ta'minlash maqsadida 2024 yilda samaradorligi yuqori  9 dona nasos uskunalari va 17 dona elektr dvigatellari, 15 dona reaktiv energiyani kompensatsiyalovchi kondensator qurilmalari xarid qilinib, o‘rnatildi. Shuning hisobiga 780 ming kVt./soat elektr energiyasi iqtisod qilishga erishildi,-deydi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Ismoilov. - Nasos stansiyalarida elektr energiyani tejash maqsadida kelgusi 2025 yilda belgilangan dastur doirasida 8 dona nasoslar, 16 dona elektr dvigatellar, 8 dona kondensator qurilmalari, 7 dona chastota o‘zgartiruvchi qurilmalar, 12 dona 5 kVt quvvatli quyosh panellari, 310 dona energiya tejamkor LED lampalar o‘rnatilishi belgilangan va tadbirlar natijasida 1 mln 300 ming kVt soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi. Yana bir amaliyot: Viloyatda suv nasos stansiyalarining elektri, bosqichma-bosqich  muqobil energiya bilan ishlash tizimiga o‘tkazilishi bo‘yicha tashkiliy ishlar boshlangan.

Shuningdek, bizga ma'lumki iqtisodiyotni liberallashtirish-investitsiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va mahalliy investorlar sonining ortib borishiga xizmat qiladi.  Shuni ta'kidlash kerakki, davlat bilan xususiy biznes hamkorligi mexanizmi ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lib, har qanday davlat uchun strategik ahamiyatga ega loyihalarni samarali amalga oshirishning kuchli omili sanaladi. Suv xo‘jaligi sohasida ham davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish, tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish hamda xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu yo‘nalishda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi “Oqtosh-1”, “Oqtosh-2” va “Turkiston” nasos stansiyalarini, Bulung‘ur tumanidagi “G‘alaba” nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib borilmoqda.

Shuningdek viloyatdagi  faoliyat ko‘rsatib kelayotgan  nasos stansiyalari aksariyati eski bo‘lgani holda  ularning suv chiqarish qobiliyatini yaxshilash va o‘z vaqtida ta'mirlash maqsadida Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida  Kattaqurg‘on shahrida gidromehanik  uskunalarini ta'mirlash ustaxonasi  ishlab turibdi.Mazkur ta'mirlash ustaxonasida, nasos uskunalarining mavsum davomida to‘xtovsiz ishlashini ta'minlash maqsadida ta'mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.Shu maqsadda mazkur sexlarda barcha ehtiyot qismlar va materiallar zahirasi yaratilgan.Shuningdek hududlarda  yangi nasos stansiyasilari ham  ishga tushmoqda.Bu bilan  esa, suv yetkazib  berish imkoniyati  sezilarli darajada  oshmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra yangidan ishga tushayotgan  nasos stansiyalari  orqali so‘g‘oriladigan  paxta maydonlarining hosildorligi suv ta'minoti yaxshilanishi   evaziga, gektariga 38 sentnerdan 45 sentnerga, g‘alla maydonlarining hosildorligi 35 sentnerdan 48 sentnerga oshishi kutilmoqda.

Albatta bu kabi sohada amalga oshirilayotgan ishlar pirovardida, biz uchun muhim risurs hisoblangan energiya sarfi tejalib, suv ta'minoti borasida ham yangi ko‘rsatikichlarga erishilishiladi va natijada qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish ko‘lamini oshishiga  hizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 17/01/2025 09:57;   Ko‘rilganligi: 6
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing