DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

ПАХТАЧИДА ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ БЎЙИЧА СЕМИНАР ЎТКАЗИЛДИ

Zarafshon ITHB tomonidan Paxtachi tumani hududida faoliyat yuritayotgan “Oynus'ha Abdulla Usmon Hamro” fermer xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda Zarafshon ITHB hamda tumandagi suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari xodimlari,  fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilariga suv taqsimotini raqamlashtirish, suvdan foydalanishda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha ma'lumot berildi.

✅ “Narpay” kanalida suv taqsimoti bilan bog‘liq barcha ishlar to‘liq avtomatlashtirilib, tegishli nuqtalarga “Aqlli suv” qurilmasi o‘rnatildi. Suv sathini o‘lchaydigan qurilmalar o‘rnatilib, suv darvozalari avtomatlashtirildi.

✅ 2024 yilda Suv tejovchi texnologiya joriy qilish bo‘yicha tumanida 3280 gektar paxta-g‘alla maydonlarida ilg‘or sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish rejasi belgilangan.

✅ Jumladan 2024 yilda paxta-g‘alla yetishtirishda tomchilatib sug‘orish 900 gektar, yomg‘irlatib sug‘orish 400 gektar, diskret usulida sug‘orish 550 gektar, eguluvchan quvurlar sug‘orish 750 gektar, lazirli tekislash texnologiyasini joriy qilish rejasi 680 gektar qilib belgilangan rejalashtirilgan.

 

✍️Zarafshon ITHB matbuot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 18/07/2024 16:38;   Ko‘rilganligi: 627
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing