QONUN BUZILISH HOLATLARIGA YO‘L QO‘YGAN SHAXSLARGA NISBATAN QAT'IY CHORALAR KO‘RILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari zimmasiga suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi, shuningdek, suv olish limitlariga barcha suv iste'molchilari, fermer xo‘jaliklari qat'iy rioya etishi xamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan joriy qilingan suv tejaydigan texnalogiyalardan foydalanishi bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish hamda bu borada qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli chora ko‘rish vazifasi yuklatilgan.
Inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joylarda joriy qilingan suv tejaydigan texnalogiyalardan foydalanishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. O‘urganishlar natijasida 2024 yil sug‘orish mavsumida suv tejovchi texnalogiyalardan foydalanmagan xolatlar o‘rganilib subsidiya olgan qishlok xujaligi ishlab chiqaruvchilardan belgilangan tartibda subsidiyalarni qaytarishga nisbatan qat'iy choralar ko‘rilmoqda.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/08/2024 16:23; Ko‘rilganligi: 320