SAMARQANDDA 12 MILLION KILOVATT ELEKTR ENERGIYASI IQTISOD QILINDI
Bugungi kunda Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida 94 ta nasos stansiyasi, 387 ta sug‘orish va 46 ta meliorativ tik quduqlar bo‘lib, ularga 770 nafar ishchi-xodim xizmat ko‘rsatadi.
Joriy yilda yangi va zamonaviy energotejamkor 15 ta nasos va 51 ta elektrodvigatellar o‘rnatildi. Shuningdek, 76 ta nasos agregati va 71 ta tik sug‘orish quduqlari ta'mirlandi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida Bulung‘ur tumanidagi “G‘alaba” nasos stansiyasi “SAG AGRO BULUNGUR” MCHJga, Narpay tumanidagi 8 ta nasos stansiyasi “MAROQAND SIFAT” MCHJga, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Moybuloq”, “Ko‘kcha-1” va “Ko‘kcha-2” nasos stansiyalari “AMINA GOLD INVEST” MCHJga 10 yil muddatga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan.
Bulardan tashqari 45 ta tik quduqlar xususiy sheriklarga foydalanish uchun topshirilgan. Payariq tumanidagi “O‘zbekiston” nasos stansiyasida o‘rnatilgan nasos agregatlarini “Grundfos” kompaniyasining energotejamkor nasos qurilmalariga tajriba tariqasida almashtirish maqsadida 118,5 ming yevro qiymatdagi shartnoma imzolanib, 3 dona nasos agregatlari yangilandi va ishga tushirildi. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarida chiqarilayotgan suvni onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi 74 dona suv sarfini o‘lchovchi qurilma o‘rnatildi. Joriy yilda viloyatdagi jami nasos stansiyalari va tik quduqlarni ishlatish uchun 173 mln kVt elektr energiyasi limiti ajratilgan. 1 noyabr holatiga ko‘ra 12 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilindi.
Farhod Rajabov,
Zarafshon ITHB boshlig‘i
Kiritilgan vaqti: 08/11/2022 13:08; Ko‘rilganligi: 762