SEMINARDA VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Zarafshon irrigatitsiya havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Payariq tumanidagi nasos stansiyalarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi, nasos stansiyalar atrofidagi yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Zarafshon irrigatitsiya havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Payariq tumanidagi nasos stansiyalarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi, nasos stansiyalar atrofidagi yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i I.Ismoilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yunalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoni va Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 10 maydagi 102-son bo‘yrug‘ida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.\
Shuningdek NS va EB boshqarmasida belgilangan ta'mirlash ishlari rejasi doirasida 136 dona nasos agregatlari, 151 dona sug‘orish quduqlarini ta'mirlash rejalashtirilganligi, 2024 yilda Davlat dasturi doirasida 9 dona nasos, 17 dona elektrodvigatellarni xarid qilinishi belgilanganligi, shundan bugungi kunda belgilangan 9 dona ngasos va 16 dona elektr dvigatellari xarid qilinganligi, naos stansiyalariga yetkazib berilganligini, ta'mirlash ishlari sifatli va belgilangan vaqtda bajarilishi natijasida elektr energiya iste'moli sezilarli darajada iqtisod bo‘lishi aytib o‘tildi. Nasos stansiyalarida amalga oshirilgan ta'mirlash tiklash ishlari sifatli bajarilishi doimiy nazoratga olib borilishi zarurligi, Tumandagi har bir nasos stansiya atrofiga ekilgan manzarali va mevali ko‘chatlar parvarishiga e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi. Nasos stansiyalari berilgan talabnomaldarga binoan ishlatilib, chiqarib berilgan suvdvn samarali foydalanish zarurligi, elektr eneriyasi ajratilgan limit asosida sarflanilishini nazorat qilib borish yuzasidan nazoratni kuchaytirish zarurligi aytildi.
NSEQMUT bo‘lim mutaxassisi A.Dexqonov so‘zga chiqib nasos agregatlarini sifatli va soz holatda ishlashi, nasos stansiyalaridagi operativ va texnik jurnallar vaqtida tuldirib borilishi zarurligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda nasos stansiyalari boshliqlariga Payariq tumanidagi nasos stansiyalarini sug‘orish mavsumida berilgan talabnomalarga asosan ekin maydonlariga suv chiqarib berishi uchun ta'mirlash-tiklash bajarilishini bo‘yicha choralar ko‘rib borilishi,belgilangan elektr energiyasidan samarali foydalanish, iqtisod qilish tadbirlarini belgilash, nasos agregatlari soz holatda ishlatilishi, texnika xavfsizligi qoidalariga doimiy amal qilish, energotejamkor uskunalarni o‘rnatish, obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Kiritilgan vaqti: 20/05/2024 14:23; Ko‘rilganligi: 119