SUV – TEKIN EMAS, UNDAN TEJAB FOYDALANISH LOZIM
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiobod-1” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, iqtisod qilish, suv hisobini yuritish, suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yuzasida seminar tashkil qilindi.
Ishtirokchilarga nasos stansiyalarga ajratilgan elektr energiyasi va suv limitlari doirasida agregatlar qat'iyan berilgan talabnoma va farmoyishlarga asosan ishlatilishi zarurligi, iste'molchilarga yetkazib berilayotgan obi hayotning aniq hisobini yuritish bo‘yicha qilinadigan vazifalar batafsil tushuntirildi. Suvdan samarali foydalanish maqsadida “suv tekin emas” aqidasiga amal qilinishi uchun suvdan foydalanuvchi xo‘jaliklar va aholi vakillariga tushuntirish ishlarini olib borish kerakligi yuzasidan NSvaEB va “Suv yetkazib berish xizmati” DM mutaxassislari tomonidan fikrlar bildirildi.
Seminarga taklif qilingan nafaqadagi ustoz insonlar yoshlar bilan uz tajribalarini o‘rtoqlashdi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 13/07/2024 10:31; Ko‘rilganligi: 690