DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

 
 

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum qadrli qishloq va suv xo‘jaligi xodimalari, aziz ayollar.

Sizni 15 oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan viloyatimiz suv xo‘jaligi sohasida ishlab kelayotgan er yigitlar qolaversa, oilam nomidan chin yurakdan tabriklayman.

Muxtarama ayollarimiz, metin irodangiz, faolligingiz hamda tashabbuskorligingiz bilan jonbozlik ko‘rsatib, soha rivojiga qo‘shayotgan zahmatli mehnatingiz uchun Sizlarga katta rahmat deymiz.

Hatto eng oddiy o‘zbek ayoli ham mehnatsevarlik, halollik, jonfidolik, mehr va sadoqat bobida dunyoga ibrat bo‘lishga arzigulikdir.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt hamda omad yor bo‘lishini tilayman. Yuzingizdagi tabassum hech qachon arimasin!

Hurmat bilan,

Zarafshon ITHB boshlig‘i
F.Radjabov


Kiritilgan vaqti: 15/10/2022 09:16;   Ko‘rilganligi: 668
 
 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing