DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
www.zarhavza.uz

MAHMUD TURNIYAZOV: O‘QUV KURSLARI DAVOMIDA MA'SULLAR BILIMI OSHADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  2024 yilning 6-8 iyun kunlari “Suvchilar maktabi” o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda ishtirok etayotgan Zarafshon ITHB birinchi o‘rinbosari M.Turniyazov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini oshirishga, ushbu jarayonlarda esa suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘quv kurslari davomida tinglovchilar suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda suv tejaydigan texnologiyalar, xususan, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib, pulsar sug‘orish tizimlarini keng joriy etish borasida nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar.

O‘quv kursining dastlabki kunida tinglovchilarning, asosan, suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, bugun amaliy tadbirlarga urg‘u berish rejalashtirilgan.

Zarafshon ITHB matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 07/06/2024 10:11;   Ko‘rilganligi: 121
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing