Хабарлар
“DAYVER” QURILMALARI O‘RNATISH VA ULARNI BOSQICHMA-BOSQICH SINOVDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
Suv resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, aqlli suv, dayver qurilmalarining holati hamda suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik loyixalari buyicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
JOMBOY TUMANIDA AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Bugun Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sug‘orish quduqlari oldida fermerlar, suv iste'molchilari va mas'ul tashkilotlar ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
ИЖРО ИНТИЗОМИ ВА КАДРЛАР МАСАЛАСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan bugun “Darg‘om” irrigatsiya tizimi boshqarmasida ijro intizomi hamda kadrlar masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
MELIORATOR BILAN INTERVYU: TUPROQ VA EKOLOGIK MUAMMOLAR
Tuproq — bu insoniyat uchun hayot manbai, shunday ekan, uning unumdorligi va ekologik holati nafaqat olamga, balki har bir insonning kundalik hayotiga ham bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Tuproqlardagi degradatsiya, sho‘rlanish va cho‘llanish muammolari, ayniqsa, O‘zbekiston kabi qishloq xo‘jaligiga bog‘liq mamlakatlar uchun juda dolzarb hisoblanadi.
EGILUVCHAN QUVURLAR YORDAMIDA SUG‘ORISHGA KATTA E'TIBOR QARATILMOQDA
Samarqand viloyatida egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Bu innovatsion sug‘orish usuli Paxtachi tumanida o‘tkazilgan amaliy seminar orqali keng targ‘ib qilindi. Zarafshon irrrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan 2025-yil xosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida tashkil etilgan seminarda, mahalliy hokimlik, soha mutaxassislari va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.
EGILUVCHAN QUVUR ISHLAB CHIQARISH JARYOYONI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i D.Kdirbayev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Rustam Plasteks" MCHJda bo‘lib, ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan egiluvchan quvurlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Qadrli yurtdoshlar, aziz suv xo‘jaligi xodimlari!
Barchangizni yangilanish va yasharish, xalqimizning eng aziz hamda ulug‘ bayrami bo‘lgan 21-mart Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etaman!
FAZLIDDIN MURATOV: YANGILANGAN TEXNIKA ISH SAMARADORLIGINI OSHIRDI
Bulung‘ur tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi tomonidan suv soliqlaridan tushgan mablag‘lar hisobiga bitta betonqorgich mashina (mikser) xarid qilindi.
8-Mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabrik!
Bugun, go‘zal bahor faslida, “8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman!
Samarqandda suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga bayram tabrigi yetkazildi
8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan ayollar, mehnat faxriylari va faol xodimlar ishtirok etdilar.