DIQQAT! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
78-210-08-92, 78-210-08-95
zar.havza@minwater.uz

Хабарлар

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev kasb bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

E'TIBOR VA E'TIROF YANGI MARRALARGA YO‘L OCHADI

Samarqand viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

SUV OMBORLARI BOSHLIQLARI MALAKA OSHIRMOQDA

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari boshliqlari malaka oshirmoqda.

Maxsus xizmat bo‘limi xodimlari malaka oshirishmoqda

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste'molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 apreldagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 196-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qarashli barcha tuman irrigatsiya bo‘limlari tarkibida Suv xo‘jaligining maxsus xizmati bo‘limlari tashkil qilingan edi.

MELIORATIV EKSPEDISIYALAR BOSHLIQLARI MALAKA OSHIRMOQDA

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cuv xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyalar boshliqlari taklif etildi.

Samarqandda issiqxona (limonariy) tashkil qilindi

"Zarafshon" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tuman irrigatsiya bo‘limlariga qarashli bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, tizimda ishlab kelayotgan xodimlarni moddiy tomondan qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, joylarda yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilingan.

Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!

1991 yil 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun. Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Suv xo‘jaligi sohasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avjida

Ayni kunlarda Samarqand viloyatidagi barcha suv xo‘jaligi inshootlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda ta'mirlash, obodonlashtirish shuningdek, kanal, zovur va ariqlarda hashar yo‘li bilan tozalash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Tumanlarda ma'muriy binolar, xizmat uylari va barcha inshootlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan.

SAMARQANDDA 12 MILLION KILOVATT ELEKTR ENERGIYASI IQTISOD QILINDI

Bugungi kunda Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida 94 ta nasos stansiyasi, 387 ta sug‘orish va 46 ta meliorativ tik quduqlar bo‘lib, ularga 770 nafar ishchi-xodim xizmat ko‘rsatadi. 

Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali viloyatdagi tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qiladi:

Sug'orishda zamonaviy texnologiyalar yanada takomillashtirilmoqda

Narpay tumani Bo‘ston MMTPga qarashli  "Qoraqir chorvasi" fermer xo‘jaligi  hududning  eng chekkasida joylashgan bo‘lib, sug‘orish ishlari juda og‘ir.                                                                                                            

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Shu kunlarda “Zarafshon” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli barcha tuman irrigasiya bo‘limlari tomonidan suv xo‘jaligi ob’yektlari daryo, kanal, ariq, gidropost, gidrotexnik inshootlar va xizmat uylari atroflarida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda.

 
 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing